Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bolishimiz shart

12.06.2017 Oliy harbiy bojxona institutida Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bolishimiz shart mavzusida tadbir otkazildi.
Yigilishga raislik qilgan Oliy harbiy bojxona instituti boshligining birinchi orinbosari, bojxona xizmati polkovnigi A.Suyunov tadbirni kirish sozi bilan boshlab, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-sonli Korruptsiyaga qarshi kurashish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori ijrosini taminlash  maqsadida Oliy harbiy bojxona instituti shaxsiy tarkibi va tinglovchilari ortasida korruptsiyaga qarshi kurash yonalishida boshqa huquqni muhofaza qilish idoralarining yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda tadbirlar otkazish belgilanganligini takidladi.
Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining oliy oquv kurslari oqituvchisi, yuridik fanlari nomzodi, dotsent, adliya katta maslahatchisi Vahobjon Karimov ishtirok etdi. U oz maruzasida yurtimizda korruptsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yonalishlarini takidladi. Aholining xuquqiy savodxonligi va xuquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyadan ogohlantirish boyicha choralarni amalga oshirish, korruptsion xuquqbuzarliklarni oz vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korruptsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish lozimligini takidladi.
Shuningdek, tadbirda yoshlarning korruptsiyaga qarshi kurashdagi faol ishtiroki, ularni mazkur illatga nisbatan toqatsizlik ruhida tarbiyalash boyicha amalga oshirilishi lozim bolgan vazifalar xususida ham atroflicha toxtalib otildi.
Tadbirda sozga chiqqan 4-kurs tinglovchisi A.Suvonov va 2-kurs tinglovchisi M.Avazbekovalar Oliy harbiy bojxona institutida tinglovchilarning har tomonlama puxta bilim egallashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligini, ushbu oliy oquv yurtini tugatgan, yuksak manaviy-axloqiy fazilatlarga ega  yosh kadrlar kelgusida korruptsiyani oldini olish, unga qarshi kurash borasida faol ishtirok etishlari lozimligi qayd etib otildi.
Tadbir songida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.



 

O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi Milliy kinologiya markazi                                                          
Manzilimiz:
100071, Toshkent shahar,Shayxontohur tumani, Qozirbod 2-tor ko`chasi, 118 uy

(Tel.) (+99871) 245-59-86 (Faks.) (+99871) 227-46-56