Ilmiy-amaliy konferentsiya bolib otdi

26.05.2017 Unda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Davlat soliq qomitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi shuningdek, Davlat bojxona qomitasi Markaziy apparati yetakchi mutaxassislari, Toshkent viloyati va poytaxt bojxona boshqarmalari, ToshkentAero ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi hodimlari, turdosh oliy oquv yurtlari va mazkur institutning professor-oqituvchilari hamda tinglovchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Konferentsiyani ochar ekan, Davlat bojxona qomitasi Raisining birinchi orinbosari B.Raimov Ozbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotimizda tarkibiy ozgartirishlarni amalga oshirish, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, xalqning farovonlik darajasini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda Elektron hukumat tizimi samarali ishlashini taminlashga etibor qaratilmoqda. Jumladan, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev takidlaganidek: Bizning navbatdagi kechiktirib bolmaydigan va istiqboldagi vazifamiz Elektron hukumat tizimi samarali ishlashini taminlashdan iborat. Hozircha u toliq hajmda ishlamayapti. Ayrim idoralar esa bu tizimga yoki ulanmagan, yoki ochiq aytadigan bolsak, uni nima qilishni ham bilmaydi.[1]
Malumki, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha harakatlar strategiyasi togrisidagi PF-4947-sonli Farmoni bilan 2017 2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yonalishi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yonalishlari deb nomlanib, mazkur yonalishda 2017-2021 yillarda mamlakatimizda Elektron hukumat tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari korsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik subektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish vazifasini belgilab berdi.
Bundan korinib turibdiki davlatimizning har bir idorasida jumladan davlat soliq xizmati organlari tomonidan ham korsatilayotgan interaktiv xizmatlardan foydalanish sifati va samarasini hamda bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik subektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
    Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida PQ-1730-son qarori hamda 2015 yil 6 martdagi Vazirlar Mahkamasining Interaktiv davlat xizmatlari korsatishni hisobga olgan holda Internet tarmogida Ozbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida 50-son qarori va 2011 yil 10 avgustdagi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi PQ-1595-sonli qarori shuningdek, 2016 yil 5 oktyabrdagi Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi PF-4848sonli Farmonining elon qilinishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini taminlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yolidagi byurokratik tosiqlarni bartaraf etish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yolidagi navbatdagi muhim qadam boldi.
Mazkur Farmonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga aralashuvni tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini taminlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yol qoyilmaslik eng muhim ustuvor yonalish sifatida belgilandi va bu tadbirkorlik subektlariga nisbatan yuridik javobgarlikni belgilovchi ayrim qonun hujjatlarini qayta korib chiqishni hamda takomillashtirshni taqozo qiladi.
Mamlakatimizda qabul qilinayotgan meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashqi iqtisodiy faoliyat subektlariga ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillari qisqartirilmoqda hamda bojxona protseduralari yanada soddalashtirilmoqda.
Hozirgi paytda bojxona organlarida sertifikat va ruxsatnomalar berish jarayonlarini bir darcha tamoyili asosida tashkil etilishi, tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibini kiritilishi, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini bojxona rasmiylashtiruviga ketadigan vaqtlarini tejab, ularning sarf-xarajatlarini qisqarishga olib kelishiga alohida toxtalib otildi.
Anjumanda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qomitasi raisi orinbosari E. Xolbotaev, Ozbekiston Respublikasi Davlat soliq qomitasi shoba boshligi Z.Xudayberganova, Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi departamnt boshligi I. Nasrullaev, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, Sh. Toshmatov, Davlat bojxona qomitasi boshqarma boshligi, texnika fanlari doktori A.Saidov va boshqalarning mavzuga oid turli maruzalari tinglandi.

Konferentsiya yakunida bojxona ishini tadbirkorlik subektlarini yanada qollab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatini rivojlantirishga doir tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

[1] Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bolishi kerak. Toshkent.: Xalq sozi gazetasi, 2017 yil 16 yanvar, 11-son.

24.05.2017



 

O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi Milliy kinologiya markazi                                                          
Manzilimiz:
100071, Toshkent shahar,Shayxontohur tumani, Qozirbod 2-tor ko`chasi, 118 uy

(Tel.) (+99871) 245-59-86 (Faks.) (+99871) 227-46-56