Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bolishimiz shart

12.06.2017
Oliy harbiy bojxona institutida Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bolishimiz shart mavzusida tadbir otkazildi.

YeTTB bilan samarali hamkorlik yolga qoyilmoqda

19.02.2018
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 16-mart kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) prezidenti Suma Chakrabartini qabul qilgandi.

Sayyor sud yarashtirib qoydi

19.02.2018
2018-yil 24-yanvar kuni Namangan shahri Marg‘ilon kochasida yol chetida turgan “Lasetti” avtomashinasi yonidan otib ketayotgan S.N. ismli osmir yigitning nigohi mashina old orindigida turgan qol telefoniga tushdi. Yigitcha shayton vasvasasiga erk berib, shunday qimmatbaho telefonga ega bolgisi keldi.

Togri, u avvaliga hozirgi zamonda hech kim mashina eshiklarini qulflamay ketmaydi, deb oyladi, lekin atrofda hech kim yoqligi dalda bolib, tavakkaliga mashina eshigini tortib kordi. Omad degani shu bolsa kerak-da, parishonxotirlikdanmi yoki ishonuvchanlikdanmi, har tugul mashina eshiklari qulflanmagan ekan. S.N. imkoniyatdan foydalanib, telefonni oldi-yu, bir zumda kozdan goyib boldi.

Avtomobil egasi bu holatdan xabardor bolishi bilan ichki ishlar bolimiga xabar qildi. Axir, telefon oddiy emas, 3 million somdan qimmat turadigan iPhone-6 edi-da. Ogri bir narsani, ogirlangan qimmatbaho uyali aloqa telefonidan foydalanib bolmasligini, bugungi taraqqiy etgan texnologiyalar davrida bunday jihozlarni hatto koinotdan turib ham topib olish mumkinligini yo bilmas yo bilsa ham, pisand qilmagan korinadi.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan tezkorlik bilan telefon turgan joy aniqlandi va S.N. qolga olindi.

Namangan yengil sanoat kasb-hunar kollejida oquvchilar, keng jamoatchilik vakillari, sudlanuvchining ota-onasi ishtirokida otkazilgan sayyor sud majlisida voyaga yetmagan S.N. ning jinoiy ishi korib chiqildi.

Jinoyat ishlari boyicha Namangan shahar sudi sudyasi N.Ayubjonov raisligida bolib otgan sayyor sud majlisida S.N. qilmishi Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismiga asosan huquqiy baholanishi qayd etildi.

Sud majlisi S.N.ning aybiga iqrorligi, ogirlangan telefonni egasiga qaytargani, qilmishidan pushaymonligi, jabrlanuvchidan kechirim soragani va jabrlanuvchi uni kechirganini inobatga olib, yarashuv tamoyilini qollagan holda jinoiy ishni tugatdi.

Ozbekiston yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi voyaga yetmagan S.N. ga ishga joylashish uchun komaklashadigan boldi.
 

O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi Milliy kinologiya markazi                                                          
Manzilimiz:
100071, Toshkent shahar,Shayxontohur tumani, Qozirbod 2-tor ko`chasi, 118 uy

(Tel.) (+99871) 245-59-86 (Faks.) (+99871) 227-46-56