Âàêàíñèÿëàð

 


O’zbekiston Respublikasi bojxona organlari xizmatiga hamda ushbu tizimning yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar guruhi lavozimlariga ishga, shuningdek Oliy harbiy bojxona institutiga o’qishga kirish istagida bo’lgan fuqarolar uchun M A ‘ L U M O Ò

O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 8 iyuldagi PF-1815-sonli Farmoni asosida tashkil etilgan.
Bojxona organlari xizmat faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1997 yil 29 avgustdagi “Bojxona xizmati to’g’risida”gi, “Bojxona ta’rifi to’g’risida”gi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi hamda Davlat bojxona qo’mitasining ichki idoraviy normativ hujjatlari asosida amalga oshiradi.
Bojxona organlarining asosiy vazifalari etib:
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va o’z vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
bojxona to’lovlarini undirish;
bojxona nazoratidan o’tkazilishi kerak bo’lgan tovarlar va transport vositalari shunday nazoratdan o’tkazilishini ta’minlash;
bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, uni aniqlash va ularga chek qo’yish;
tashqi iqtisodiy faoliyatga doir bojxona statistikasini hamda tovar nomenklaturasini yuritish;
O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga oid qismidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash.

Bojxona organlariga nomzodlarga qo’yiladigan talablar

Bojxona organlariga bugungi kunda inspektor, kichik inspektor, kichik inspektor-kinolog lavozimlariga, xizmatchi, yordamchi va xizmat ko’rsatish guruhlariga ishchilar qabul qilinadi.
Bojxona organlari xizmatiga 18 yoshga to’lgan, 30 yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Bojxona organlari xizmatining inspektorlik va kichik inspektor-kinolog lavozimlariga muddatli harbiy xizmatni o’tagan, safarbarlik chaqiruv rezervida bo’lgan, harbiy kafedrada tahsil olgan yoki qonunchilik asosida harbiy xizmatni o’tamagan nomzodlar qabul qilinadi.
Bojxona organlarining qo’riqlash xizmatining kichik inspektor-soqchi (navbatchi) lavozimlariga nomzodlar muddatli harbiy xizmatni o’tagan bo’lishlari talab etiladi.
Yordamchi va xizmat ko’rsatish guruhi ishchilarining majburiy harbiy xizmatni o’tagan bo’lishi talab etilmaydi.
Bojxona organlarining inspektorlik lavozimiga nomzodlar oliy ma’lumotli, huquqshunos yoki iqtisodiy yo’nalishlardagi mutaxassisliklarga (moliyachi, buxgalter, bojxona ishi, bank ishi, soliq, biznesni boshqarish, marketing) bo’lishi talab etiladi.
Kichik inspektor-soqchi (navbatchi) lavozimiga nomzodlar o’rta yoki o’rta-maxsus ma’lumotga ega, kichik inspektor-kinolog lavozimiga nomzodlar o’rta-maxsus ma’lumotga ega kinolog, it o’rgatuvchi instruktor, veterinar, zootexnik mutaxassisliklariga ega bo’lishi talab etiladi.
Kichik inspektor-soqchi (navbatchi) va kichik inspektor-kinolog lavozimlariga mutaxassisligi bo’yicha amaliy ish tajribasi bor yoki muddatli harbiy xizmati davrida stajga ega bo’lgan nomzodlarga tanlovda ustuvorlik beraladi.
Bojxona organlarining yordamchi va xizmat ko’rsatish guruhi texnik va xo’jalik ishlari lavozimlariga (bog’bon, farrosh, santexnik, hovlibon va ishchi) umumiy o’rta ma’lumotga ega nomzodlar ishga olinadi.
Idoraviy texnik yordamchi lavozimlariga oliy ma’lumotli huquqshunos yoki iqtisodiy yo’nalishlardagi mutaxassisliklarga ega nomzodlar bojxona organlarining inspektorlik lavozimiga zahira sifatida qabul qilinishi mumkin.
Bojxona organlariga nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi. Nomzodlar bojxona organlarida mavjud bo’sh lavozimlardan kelib chiqqan holda xizmatga (ishga) olinadi.
Bojxona organlarida bo’sh lavozim bo’lmaganda yoki mavjud bo’sh lavozimga nomzodlar tanlanib bo’lingan bo’lsa, murojaat qiluvchilar nomzodlar zaxirasiga kiritiladi.
Òanlov shartlari bilan hududiy bojxona boshqarmalarining Kadrlar xizmati orqali tanishish mumkin.

Quyida bojxona organlariga kirish istagi bo’lgan fuqarolar uchun savol-javob tarzida qo’shimcha ma’lumotlar taqdim qilinmoqda:

1. Bojxona organlariga ishga kirish uchun qayerga va kimga murojaat qilish lozim?
Bojxona organlariga ishga kirish istagi bor fuqarolar o’zlari yashayotgan va doimiy ro’yxatda turgan hududdagi bojxona organlarining Kadrlar xizmatlariga murojaat qilishlari mumkin.
Murojaat etish vaqtida ish turi, kasb yo’nalishini aniqlab olish zarur bo’ladi. Masalan, bojxona posti inspektori, Oliy harbiy bojxona instituti aniq yoki ijtimoiy fanlar o’qituvchisi, Milliy kinologiya markazi kinologi, veterinari, moliya-iqtisodiyot bo’limlari hisobchisi, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhi inspektori va h.k.z.

2. Men istiqomat qilayotgan hududdagi bojxona organlari manzilini qayerdan bilish mumkin?
Siz istiqomat qilayotgan hududdagi bojxona organlari manzilini Davlat bojxona qo’mitasining internetdagi customs.uz saytidan hamda quyidagi ro’yxatdan bilishingiz mumkin:

Bojxona organi Manzil, telefon, faks, elektron pochta
DBҚ Markaziy apparati Òoshkent shahri, Shayxontohur tumani, O’zbekiston shoh ko’chasi 3-uy.
Òelefon operator orqali: 120-76-00 (ichki 22-09, 22-21) yoki avtooperator orqali 120-76-15 info@customs.uz

Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahri Òuron ko’chasi 57-uy. Òelefon (361) 224-01-19. Faks (361) 224-01-25
nukus@customs.uz

Andijon Andijon shahar A.Yuldashev ko’chasi 48-uy. Òelefon (374) 228-48-39. Faks (374) 228-48-40 andijan@customs.uz

Buxoro Buxoro shahar B.Naqshband ko’chasi 352-uy. Òelefon (365) 770-06-36. Faks (365) 770-06-31 bukhara_customs@exat.uz

Jizzax Jizzax shahri “Òoshkent” ko’chasi 5-uy. Òelefon (372) 504-49-93. Faks (372) 223-26-90 jizzax@customs.uz

Qashqadaryo Qarshi shahri A.Navoiy shoh ko’chasi 3a-uy. Òelefon (375) 221-14-18. Faks (375) 221-05-01 qarshi@customs.uz

Navoiy Navoiy shahri G’alaba shoh ko’chasi 176a-uy. Òelefon (436) 223-08-65. Faks (436) 223-87-87 navoiy@customs.uz

Namangan Namangan shahri, Irrigator ko’chasi, 2a-uy. Òelefon (369) 234-11-16. Faks (369) 2343224 namangan@customs.uz

Samarqand Samarqand shahri Farxod ko’chasi 34a uy. Òelefon (366) 234-01-39. Faks (366) 234-26-26 samarqand@customs.uz

Sirdaryo Guliston shahar, 1-mavze, Abduraxmanov ko’chasi 7-uy. Òelefon (367) 225-48-67
Faks (367) 227-89-45 sirdaryo_customs@exat.uz

Surxondaryo Òermiz shahri Sulton Saodat ko’chasi 286-uy. Òelefon (376) 225-24-51
Faks (376) 225-26-05 termiz@customs.uz

Òoshkent viloyati Òoshkent shahri, Darxon Òepa ko’chasi, 7a-uy. Òelefon (371) 120-86-09
Faks (371) 120-86-10 toshkent_viloyati@customs.uz

Òoshkent shahri Òoshkent shahri Bunyodkor shoh ko’chasi, 35-uy. Òelefon (371) 120-76-76. Faks (371) 120-76-74 toshkent_shahri@customs.uz

“Òoshkent-AERO” IBK Òoshkent shahri Sirg’ali tumani “Òoshkent” xalqaro aeroporti. Òelefon (371) 120-86-30. Faks (3712) 255-83-89. toshkent_aero@customs.uz

Õorazm Õorazm viloyati Urganch shahar J.Manguberdi ko’chasi 95-uy. Òelefon (362) 224-59-20. Faks (362) 224-59-15. xorazm@customs.uz
Farg’ona Farg’ona shahri, Al-Farg’oniy ko’chasi, 52a-uy Òelefon (373) 244-67-31 Faks (373) 244-67-32. fergana@customs.uz

Milliy kinologiya markazi Òoshkent shahri, Sirg’ali tumani Qipchoq ko’chasi 2-tor ko’cha 9-uy. Òelefon (371) 258-63-22. Faks (371) 258-75-99 mkm@customs.uz

Oliy harbiy bojxona instituti Òoshkent shahri, Shayxontohur tumani, Qozirobot ko’chasi 2-tor ko’cha, 118-uy. Òelefon (371) 245-59-86. Faks (371) 227-46-56 ohbi.uz

3. Kadrlar xizmatlarining ish vaqti haqida ma’lumotni qayerdan olish mumkin?
Bojxona organlarining Kadrlar xizmatlari ish vaqti har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 09:00 dan 18:00 ga qadar belgilangan.

4. Bugungi kunda qaysi ish o’rinlariga asosan ishga olinmoqda?
Bugungi kunda aksariyat nomzodlar chegara va tashqi iqtisodiy bojxona postlari inspektorlik lavozimlariga qabul qilinmoqda. Nomzodlar bo’sh lavozim mavjudligiga qarab xizmatga qabul qilinmoqda yoki bo’sh lavozim paydo bo’lguniga qadar nomzodlar zaxirasiga kiritiladi.
Chegara bojxona posti – respublikamizning chegara o’tish punktlarida, aeroportlarida, temiryo’l vokzallarida faoliyat yuritib, yo’lovchi, transport vositalari va yuklarni bojxona nazoratini amalga oshiradi.
Òashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti – respublikamiz tashqi savdo yuklari kelib tushadigan va saqlanadigan maskanlarida faoliyat yuritib, import, eksport va tranzit yuklarni bojxona nazoratini amalga oshirish, o’rnatilgan tartibda bojxona to’lovlari (boj, qo’shimcha qiymat solig’i, aksiz, yig’imlar) undirishni amalga oshiradi.

5. Bugungi kunda bojxona organlariga qanday mutaxassislikka ega nomzodlar ishga qabul qilinadi?
Bugungi kunda oliy ma’lumotli, iqtisodiy, yuridik mutaxassisliklarga ega, moliyachi, buxgalter, bojxona ishi, bank ishi, soliq, biznesni boshqarish, marketing kabi mutaxassislikka ega nomzodlar ishga qabul qilinadi.
Shuningdek, aeroport va xorijiy fuqarolar harakati ko’p bo’lgan chegara bojxona postlaridagi mavjud bo’sh lavozimlaridan kelib chiqib, mutaxassisligi bo’yicha chet tillaridan birida (ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy) suhbatlasha oladigan, yoza oladigan va tushuntirib bera oladigan mutaxassislar ham ishga qabul qilinishi mumkin.

6. Qaysi oliy o’quv yurtlari bitiruvchilari ishga kirish istagida bojxona organlariga murojaat qiladilar?
Masalan, Òoshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Òoshkent davlat yuridik universiteti, Òoshkent moliya instituti, Òoshkent davlat sharqshunoslik instituti, Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti va respublikamizning iqtisodiy va yuridik mutaxassislik bo’yicha bitiruvchilarni tayyorlab beruvchi oliy o’quv yurtlari.

7. Bojxona organlariga ishga kirishda tanlov mavjudmi?
Ha, mavjud. Bo’sh munosib lavozim bo’lganida, nomzodning hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgach, bojxona organlarining tegishli xizmatlari mas’ul xodimlari bilan suhbat o’tkaziladi (yoki kollegial tarzda komissiya suhbatidan o’tadilar). Faqat tanlangan nomzodlar ishga olinadilar. Òanlov shartlarini Kadrlar xizmatlaridan bilish mumkin.
Yordamchi va ishchi toifasidagi xodimlar Mehnat kodeksi talablari asosida mahalliy shifoxonalarda ko’rikdan o’tib, sog’ligi haqida tibbiy ma’lumotnoma taqdim qiladilar.

8. Nomzodning sog’ligiga nisbatan cheklov mavjudmi?
Nomzodlar jismonan sog’lom bo’lishi lozim. Nomzodlar harbiy tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. Ko’rikda yaroqsiz deb topilganlar ishga olinmaydi.

9. Nomzodlar chet tillaridan birini bilishi majburiymi?
Majburiy emas, biroq tanlov vaqtida bunga e’tibor beriladi.

10. Bojxona organlariga ishga kirishda majburiy harbiy xizmatni o’tagan bo’lish shartmi?
Nomzodlar harbiy xizmatni o’tagan, safarbarlik chaqiruv rezervida bo’lgan, harbiy kafedrada o’qigan yoki qonunchilik asosida majburiy harbiy xizmatni o’tamagan bo’lishi mumkin.
Yordamchi va ishchi toifasidagi xodimlar Mehnat kodeksi talablari asosida ko’rib chiqiladi.

11. Nomzodlarga yosh bo’yicha cheklovlar mavjudmi?
Ha mavjud. Masalan, mansabdor shaxslar (tushunarli bo’lishi uchun asosiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi harbiylashgan kiyimboshda yuruvchi xodimlarimiz) yoshi 18 ga to’lgan, 30 yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bo’lishlari lozim. Yordamchi va ishchi toifasidagi xodimlarga cheklov o’rnatilmagan.
Oliy harbiy bojxona institutiga o’qishga kirmoqchi bo’lganlar:
- o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo’lgan;
- harbiy xizmatni o’tamagan 17 yoshdan 21 yoshgacha (qabul yilida 17 yoshga to’ladiganlar) bo’lgan;
- harbiy ofitserlar tarkibi unvonlariga ega bo’lmagan harbiy xizmatchilar yoki harbiy xizmatni o’tagan 18 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari.
- yigitlar uchun bo’y 170 smdan (qiz bolalar uchun 165 sm) past bo’lmasligi lozim.

12. Men Navoiy shahrida doimiy istiqomat qilaman. Navoiy viloyati bojxona boshqarmasiga murojaat etsam, o’sha yerda ishlaymanmi?
Bo’sh munosib lavozim bo’lsa, ha. Ammo, bo’sh lavozim bo’lmaganida, nomzod (shuningdek uning yaqinlari) roziligi bilan respublikaning bo’sh lavozim bo’lgan boshqa bojxona organiga (viloyatlarga) yuborilishi mumkin.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi, harbiylashtirilgan organ. Nomzod ishga kirishida respublikaning har qanday hududida ishlash majburiyati olinadi.
Ushbu qoidalar mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan yordamchi va texnik ishchilarga tatbiq etilmaydi (duradgor, elektrik, bog’bon, hovlibon, farrosh, chilangar, ish yurituvchi, komendant, omborchi va h.k.z.)

13. “Òoshkent-AERO” IBK tuzilmasi qanday tuzilma?
Òoshkent xalqaro aeroporti xorijiy yo’lovchilar va yuklarni tashuvchi havo kemalarini qabul qiluvchi eng yirik va asosiy aeroport hisoblanadi. Òoshkent xalqaro aeroportiga kelgan yo’lovchilar va yuklarni bojxona rasmiylashtiruvi aynan “Òoshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida amalga oshiriladi.

14. Ma’lumot darajasi magistr yoki bakalavr bo’lishi talab etiladimi?
Faqat Oliy harbiy bojxona institutiga o’qituvchilik lavozimiga nomzodlar magistr bo’lishi talab etaladi. Qolgan lavozimlarga talab etilmaydi.

15. Muayyan ixtisoslik va kasb turini talab etadigan lavozimlar qaysilar?
Bunday lavozimlarni bilish uchun Kadrlar xizmatlariga murojaat qilib bilish mumkin bo’ladi. Chunki, shtatlar cheklanganligi bois, ularning bo’sh bo’lishi (vakant) kam hollarda kuzatiladi. Mansabdor shaxslar toifasida bunday lavozimlarga axborot tizimlari dasturchilari, quruvchilar, jurnalistlar, kinologlar, buxgalterlar, o’qituvchilar, kimyogarlar, tibbiyot xodimlari. Yordamchi va texnik ishchilar toifasida - duradgor, elektrik, bog’bon, santexnik, chilangar, avtochilangar, avtomexanik, issiqlik qozonxonasi operatori.

16. Davlat bojxona qo’mitasining Markaziy apparati bo’sh lavozimlariga ishga kirish uchun kimga murojat qilish lozim?
Davlat bojxona qo’mitasining Markaziy apparati bo’sh lavozimlariga ishga kirish uchun qo’mitaning Kadrlar bosh boshqarmasiga murojaat qilish lozim. Shuni inobatga olish kerakki, Markaziy apparatga asosan bojxona organlarida 2-3 yil ishlab tajribaga ega bo’lgan bojxona xodimlariga ustunlik beriladi. Yordamchi va ishchi toifasidagi bo’sh lavozimlarga bunday talab qo’yilmaydi.

17. Oliy harbiy bojxona institutiga o’qishga kirish tartibi bilan tanishish mumkinmi?
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash” to’g’risidagi 141-sonli qarori hamda Adliya vazirligidan 2015 yil 5 mart kuni 2659-raqam bilan ro’yxatdan o’tgan “Oliy harbiy bojxona institutiga o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi Nizom” bilan tanishish lozim. Bundan tashqari, bojxona organlarining Kadrlar xizmatlaridan ma’lumot olish mumkin.
! Shunga e’tibor qaratish lozimki, Oliy harbiy bojxona institutiga o’qish istagidagi abituriyentlar 1 fevraldan 1 aprelga qadar ariza bilan bojxona organlarining Kadrlar xizmatlariga murojaat qilishlari lozim. Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar qabul qilinmaydi.

18. Boshqa organlardagi kabi bojxona organlarida ham asosiy ishda ishlaydigan mutaxassislar, boshqaruvchilar hamda texnik ishni amalga oshiruvchi yordamchi va ishchilar ishlaydimi?
Õuddi shunday. Bojxona organlarida huquqni muhofaza qiluvchi organ ekanligi sababli, muayyan majburiyat va huquqqa ega bo’lgan mansabdor shaxslar hamda yordamchi va xizmat ko’rsatish guruhi ishchilari ishlaydi. Mansabdor shaxslar harbiyga tenglashtirilgan kasb bo’lib, alohida tartib, qoidalar bilan tartibga olinadi. Yordamchi va xizmat ko’rsatish guruhi ishchilari bilan mehnat munosabatlari Mehnat Kodeksi asosida tartibga solinadi.

19. Bojxona organi mansabdor shaxsi bilan yordamchi va texnik ishchilar toifalari orasida farq nimada?
Bojxona organlari mansabdor shaxslari deganda, asosiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi harbiylashgan kiyimboshda yuruvchi xodimlarimiz tushuniladi. Ular bojxona organlarida xizmat olib boradilar. Ularga lavozimi va xizmat yillariga muvofiq maxsus unvon beriladi. Õizmatni o’tash tartibi, shart va talablar harbiylar kabi alohida nizom va qoidalar bilan tartibga solinadi.
Yordamchi va texnik ishchilar - asosiy faoliyatga bevosita bog’liq bo’lmagan xo’jalik va idoraviy ishlar bilan shug’ullanuvchilar (EÕM operatori, yordamchi, mutaxassis, texnik, bog’bon va h.zo) tushuniladi. Ular bilan mehnat munosabatlari Mehnat Kodeksi, Kasaba uyushmasi va ish beruvchi o’rtasidagi jamoat shartnomalari shartlari asosida tartibga solinadi.

20. Mansabdor shaxslar va yordamchi ishchi xodimlarning ish haqlari miqdorini bilish mumkinmi?
Ish haqi miqdori har bir lavozim va ishning turiga qarab aniqlanadi. Òaxminiy miqdorni bilish uchun Kadrlar bo’limlariga murojaat qilish lozim bo’ladi. Bojxona organlarida boshqa davlat organlari kabi O’zbekiston Respublikasi hududida amalda bo’lgan mehnatga haq to’lash qonunchiligida belgilangan miqdorlarga amal qilinadi.

21. Agar men pedagogik tajribaga ega bo’lsam va shu kasbni davom ettirish istagida bo’lsam, bojxona organlarida menga ham ish topiladimi?
Ha albatta. Bojxona organlari tarkibida Oliy harbiy bojxona instituti faoliyat olib boradi. Sizning mutaxassisligingiz, tajribangiz ilmiy darajangizga munosib bo’sh lavozim bo’lsa, ko’rib chiqiladi. Institut bojxona organlari uchun bojxona huquqi va bojxona ishi yo’nalishida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlab beradi.

22. Oliy harbiy bojxona institutiga o’qituvchilikka ishga kirishda talablar umumiy talablardan farqlanadimi?
Ishga kiruvchilar uchun umumiy talablar Oliy harbiy bojxona institutiga o’qituvchilikka kiruvchi nomzodlarga tatbiq etiladi.
Pedagogik va ilmiy-tadqiqot qobiliyati, ilmiy darajasi yuzasidan qo’shimcha talablar qo’yilishi mumkin.

23. Harbiy mutaxassislikka ega yoki harbiy sohada ish stajiga ega kadrlar ham bojxona organlariga olinadimi?
Oliy harbiy bojxona institutiga tinglovchilarning harbiy tarbiyasini shakllantirish, xarbiy nizomlarga rioya qilishga o’rgatish, safda turish va yurishini mashq qildirish, shuningdek harbiy safarbarlik va favqulodda harakat qilish, jangovar shaylikni ta’minlash yo’nalishida bojxona organlarida bo’sh lavozim bo’lganida ko’rib chiqilishi mumkin.

24. Mening yoshim 18 da. Akademik litseyni tamomlash arafasidaman. Kelgusida bojxona organlarida ishlash istagim bor. Oliy harbiy bojxona institutiga o’qishga kirib uni tamomlasam, bojxona xodimi bo’la olamanmi?
Ha albatta. Bojxona organlari tarkibida Oliy harbiy bojxona instituti faoliyat yuritib, bojxona organlari uchun bakalavr darajasidagi bojxona huquqi va bojxona ishi mutaxasisliklari bo’yicha mutaxassislarni tayyorlab beradi.

25. Bojxona organlari faoliyati haqida dastlabki tushunchaga ega bo’lish uchun unda qanday sohaviy yo’nalishlar mavjudligini bilish mumkinmi?
Bojxona organlari faoliyati haqida dastlabki quyidagi me’yoriy hujjatlar bilan tanishishni tavsiya etamiz:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 30 iyuldagi 374-sonli qarori;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 martdagi 302-sonli qarori;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 10 avgustdagi 1595-sonli qarori;
O’zbekiston Respublikasining Davlat bojxona xizmati to’g’risidagi Qonuni;
O’zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini;
O’zbekiston Respublikasining Boj tarifi to’g’risidigi Qonunini.
Bojxona organlari o’ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi sohaviy yo’nalishlarda faoliyat olib boradi (asosiylari keltirilgan):
Asosiy yo’nalish:
Kontrabandaga qarshi kurashish
Bojxona tekshiruvlari va surishtiruv
Bojxona nazoratini tashkil etish
Bojxona tariflarini tartibga solish va to’lovlar hisobini yuritish
Valyuta nazorati
Markaziy bojxona laboratoriyasi
Õalqaro bojxona hamkorligi
Bojxona statistikasi va tahlili
Bojxona organlari faoliyatini tashkil etish bo’yicha:
Oliy harbiy bojxona instituti (bojxona organlariga kadrlar tayyorlash)
Bojxona organlarini kadrlar bilan jamlash
Moliya-iqtisodiyot
Huquqiy (metodologiya)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish
Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar
Bojxona organlari moddiy-texnika ta’minoti
Bojxona inshootlarini qurish va ta’mirlash
Harbiy safarbarlik, favqulodda vaziyatlar ishlari va jangovar tayyorgarlik
Bojxona bino va inshootlarini qo’riqlash
Avtoxo’jalik
Kinologiya (xizmat itlarini tayyorlovchilar va bojxona postlaridagi kinologlar)

26. Bojxona organlari mansabdor shaxslari lavozimiga nomzodlar bilan suhbatda qanday savollar berilishi mumkin?
Nomzodlar bilan suhbatda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
-o’z mutaxassisligini yaxshi bilishi;
-amaliy tajribaga ega bo’lsa, ishni tartibga soluvchi hujjatlarni;
-O’zbekiston tarixini;
-O’zbekiston hududida yashab o’tgan mashhur tarixiy shaxslarni (davlat arboblari, adabiyot, san’at, fan) hayoti va ijodini;
-O’zbekiston Respublikasi Prezidentning asarlarini;
-davlatimiz suverenitetini ifoda etuvchi ramzlarini (puli, gerbi, madhiyasi, mustaqillik asoslari);
-O’zbekiston Republikasi Konstitutsiyasini;
-davlat boshqaruv shaklini;
-tashqi siyosat prinsiplarini;
-iqtisodiy rivojlanishda tanlangan yo’lni;
-yuridik va iqtisodiy atamalarni.

27. Õizmat itini tayyorlovchi va bojxona postlaridagi kinologlarga qanday talablar qo’yiladi?
Bojxona organlariga xizmat itlari Milliy kinologiya markazida tayyorlanadi. Instruktorlik lavozimlariga 18-30 yoshdagi kinologlar, xizmat itlari instrukturlari, veterinarlar, zootexniklar tanlov asosida, bo’sh lavozimdan kelib chiqib olinadi. Shuningdek, muddatli harbiy xizmatda kinolog lavozimlarda xizmat qilgan nomzodlar ham ko’rib chiqiladi.





Íàâåðõ

 
Íàöèîíàëüíûé êèíîëîãè÷åñêèé öåíòð Ãîñóäàðñòâåííîãî òàìîæåííîãî êîìèòåòà Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi Milliy kinologiya markazi                                                          
Manzilimiz:
100071, Toshkent shahar,Shayxontohur tumani, Qozirîbod 2-tor ko`chasi, 118 uy

(Tel.) (+99871) 245-59-86 (Faks.) (+99871) 227-46-56