«IQTISODIY FANLAR» KAFEDRASI

Iqtisodiy fanlar kafedrasi OHBI tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 23 maydagi 229-sonli Qarori asosida tashkil etilgan.

Iqtisodiy fanlar kafedrasi Davlat bojxona qomitasi Oliy harbiy bojxona institutining Bojxona ishi fakulteti qoshida faoliyat yuritib, Bojxona ishi va Bojxona huquqi yonalishlari boyicha Davlat ta'lim standartlari asosida oquv, oquv-metodologik va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi. Shu bilan birga, kafedra tomonidan tinglovchilar orasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar ham olib boriladi.

Kafedrada kafedra boshligi, i.f.n., bojxona xizmati podpolkovnigi E.A.Nigmanov, katta oqituvchlari bojxona xizmati podpolkovnigi M.I.Karimjanova va bojxona xizmati mayori B.S.Omonov, oqituvchlar bojxona xizmati leytenanti A.R.Rustamov va bojxona xizmati kichik serjanti M.X.Abulqosimovlar faoliyat yuritadi.

Kafedrada Bojxona ishi (BI) va Bojxona huquqi (BH) mutaxassisliklari boyicha quyidagi iqtisodiy yonalishga oid fanlar oqitiladi:

1. Iqtisodiyotnazariyasi - 1-kurs, BI va BH yonalishlari.

2. Mikro va makroiqtisodiyot - 1-kurs, BI yonalishi.

3. Iqtisodiy geografiya - 1-kurs, BI va BH yonalishlari.

4. Moliya va soliqlar, - 1-kurs, BI va BH yonalishlari.

5. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - 2-kurs, BI yonalishi.

6. Umumiy va bojxona menejmenti - 2-kurs, BI va BH yonalishlari.

7. Marketing asoslari - 2-kurs, BI yonalishi.

8. Buxgalteriya hisobi va audit - 2-kurs, BI va BH yonalishlari.

9. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik - 4-kurs, BI va BH yonalishlari.

Yuqorida qayd etilgan barcha fanlar boyicha ishchi oquv dasturlar, ma'ruza matnlari, reyting ishlanmalari va tarqatma materiallar tayyorlangan.

Kafedra oqituvchilari tomonidan kafedrada oqitiladigan fanlardan oquv va oquv-metodik qollanmalari ishlab chiqilgan. Jumladan, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fanidan oquv qollanmasi, tuzuvchi-mualliflar E.Nigmanov, B.Omonov; Umumiy menejment, Bojxona menejmenti va Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fanlaridan oquv-uslubiy qollanmalar hamda Iqtisodiy geografiya fanidan oquv qollanmasi E.Nigmanov; Buxgalteriya hisobi va audit fanidan oquv-uslubiy qollanma M.Karimjanova, Sh.Azizov, B.Omonov; Iqtisodiyotga oid atamalar lugati oquv qollanmasi E.Nigmanov, M.Abulkasimov, A.Rustamovlar tomonidan tayyorlangan.

Kafedraning professor-oqituvchilari respublikamiz va xorijda otkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etadilar. 2003 yildan hozirgi vaqtga qadar kafedra xodimlari tomonidan 160 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan.

Kafedra tomonidan iqtidorli tinglovchilar bilan ham ishlash yolga qoyilgan. Kafedra qoshida Yosh iqtisodchi togaragi tuzilib, uning a'zolari bilan muntazam ravishda iqtisodiyotga oid dolzarb masalalar yuzasidan suhbatlar va munozaralar otkaziladi. Tinglovchilar referatlar tayyorlaydilar va ma'ruzalar bilan chiqish qiladilar. Eng zor referatlar va ma'ruzalar ilmiy maqola va tezis korinishida ilmiy-amaliy konferensiyalar toplamlari, jurnallar va markaziy nashrlarda chop etiladi. Shuningdek, kafedra xodimlari tomonidan institutning iqtidorli tinglovchilarini Respublika fan olimpiadalariga iqtisodiy fanlar boyicha tayyorlab borish ishlari yolga qoyilgan.

Murabbiylik asosida tinglovchilar bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlar amalga oshiriladi. Har bir kafedra oqituvchisiga murabbiylik guruhlari biriktirilgan bolib, ularda mashgulotlar olib boriladi. Tinglovchilarning dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy mavzularda suhbatlar tashkillashtiriladi, Hukumatimiz va DBQning me'yoriy hujjatlari organiladi, shuningdek respublikamiz va xorijda sodir bolayotgan jarayonlar muhokama qilinadi.

Kafedra respublikamizning koplab oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini ornatgan. Jumladan, malaka oshirish, tajriba almashish va ilmiy hamkorlik yonalishida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Ozbekiston Milliy universiteti va Soliq akademiyalari bilan aloqalar ornatilgan.

 

O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi Milliy kinologiya markazi                                                          
Manzilimiz:
100071, Toshkent shahar,Shayxontohur tumani, Qozirbod 2-tor ko`chasi, 118 uy

(Tel.) (+99871) 245-59-86 (Faks.) (+99871) 227-46-56